Yorqin yasha

Bugun shirin bo‘lsa, ertaga achchiq,
Bu dunyo hech qachon bo‘lmagan tikka.
Taqdirning yo‘llari goh keng, goh torchiq,
Almashar boyliklar bir kun kambag‘allikka.
Hayot va o‘limning orasida biz,
Sevgi va xiyonat yonma-yon yurar.
Har safar tarixda qoladi bir iz,
Vaqt hamma narsani joyiga qo‘yar.

Biz har doim ham o‘zgartira olmaymiz,
Yomg‘irning yog‘ishin, taqdir hukmini.
Lekin taslim bo‘lish — eng yomon gunoh,
Yo‘qotma qalbingda yongan cho‘g‘ingni!

Umidsizlikka tushma, aslo xafa bo‘lma sen!
Kelajagingdan voz kechma, bu gunohdir bilganing.
Noxush gaplar aytganning so‘zlariga quloq solma,
Xavotirlar kelsa gar, yuzlarida kulgin sening!
Vahima qo‘yma, bu kunlar o‘tadi,
Qiyinchiliklar ortida bir baxt kutadi!

Yashagin o‘zingcha, qalbing xohlagandek,
Begona buyruqlar senga mos emas.
Sening pok dunyongni tushunmas hech kim,
Yolg‘onchi olqishlar senga dars emas.
Qorong‘u tunlarning ortida quyosh,
Sening yorqin qalbga yo‘l topolmas g‘am.
Yiqilsang qaytadan ko‘targin sen bosh,
Sinchilab qarasang — go‘zal bu olam.


Рецензии