Oq oltin kuz

Quyosh kular ko‘kda porlab, nur sochar,
Dalalarda paxta qomatin ochar.
Har bir to‘qay bugun bag‘rini ochar,
O‘zbekiston ustinroqdir, go‘zaldir,
Oltin kuzi shirin sozli g‘azaldir!

Naqadar fayzli kuz, oq oltindir kuz,
To‘kin-sochin mehnatkashning suluv yuz!
Xirmon to‘yi bo‘lsin senga muborak,
Eng aziz yurt, O‘zbekistondan darak.

Oq oltinlar tog‘dek uyildi mana,
Dehqonning yuzida kulgudir yana.
Har bitta mahalla, go‘sha tantana,
Oq oltinga to‘ldi bugun xirmonlar,
Baxtdan kuylar bugun butun insonlar!

Bog‘larda pishiqchilik, anjiru uzum,
Qovun-tarvuzlardan uzilmas ko‘zim.
Bu to‘kin diyorga fidodir o‘zim,
Xirmon to‘yi boshlar bugun dehqonim,
Jondan aziz o‘lkam, jon O‘zbekistonim!

Sho‘x yallalar yangrar kuzning bag‘rida,
Shodlik jo‘shar elim yurak-bag‘rida.
Bunday go‘zal o‘lka yo‘qdir dahrda,
O‘zbekiston — jannatmakon, hur o‘lka,
Fayzu barakaga burkangan o‘lka!

Jondan aziz o‘lkam, jon O‘zbekistonim,
Oltin kuzing muborak, O‘zbekistonim!


Рецензии