Oltin davrim
Bizga muntazir umid.
Bu kunlar bir kashfiyot,
Biz — kelajak, biz — umid!
Har kunimiz bir bayram,
Quvnoq o‘smir yoshlik bu!
Marralar biznikidir,
Olg‘a bosgan qadam bu!
Sinfdoshlar — chin do‘stlar,
Birga kulib, yayraymiz.
Katta orzular bilan
Kelajakni ko‘zlaymiz.
Vaqtni aslo yutqazmay,
Sport, ilm quchamiz.
Tanbehlardan dars olib,
Yuksaklarga uchamiz.
Ota-onam faxrimiz,
Ustozlardir soyabon.
Bu ibratli kunlarda
Biz bo‘lurmiz qahramon!
Свидетельство о публикации №126091202958