Shox bolalar
Olam uzra nurlar oqdi.
Qushchalar ham sayrab ketdi,
Bizga shirin kuylar yoqdi.
Hoy bolalar, sho‘x bolalar,
Bir-biriga do‘st bolalar!
Keling, birga o‘ynaymiz,
Hech qachon biz to‘ymaymiz!
Bog‘chamizda gullar kuldi,
Qalbimizga quvonch to‘ldi.
Bugungi kun shunday go‘zal,
Eng baxtiyor kun ham bo‘ldi.
Kap-kapalak uchar mana,
Biz qilamiz to‘y-tantana.
Qo‘l ushlashib aylanamiz,
Raqsga tushib yana-yana.
Ko‘kda rangdor kamalak bor,
Bizda toza, oq tilak bor.
Baxtli bolalik chog‘ida,
Har yurakda ming ashula bor!
Свидетельство о публикации №126091106169