Yayrang, gozallar!
Bugun bayram, shodlikdan yuraklar bir yayrasin!
Nozli-nozli qarashdan oshiq ko‘ngil yashnasin,
Milliy atlas kiyganlar davrani bir bezasin!
Oh, bu o‘zbek qizlari, ko‘zlari ohumikan?
Yurishlari nozlanib, qoshlari yoydekmikan?
Qani, o‘ynang, go‘zallar, sho‘x maqomga solingiz,
Bugun to‘ydir, davrani sizlar qo‘lga olingiz!
Surnay navosi yangrar, yurakni qitiqlatib,
Yigitlar ta'zim qilar, poyiga gullar otib.
Charx urib o‘ynagandan dillarda qolmas g‘ubor,
O‘zbekning to‘ylariga dunyolar bo‘lsin xumor!
Qo‘sh uzuk barmoqlarda, sochlari qirqta kokil,
Bugun zamon bizniki, yayrasin sodda ko‘ngil.
To‘n kiygan polvonlar ham qarsak chalib tinmasin,
Bu sho‘x, milliy raqsga hech kim befarq bo‘lmasin!
Otalar duo qilsin, onalar aytsin o‘lan,
Xonadonlar to‘lsin hamisha shodlik bilan.
Bayramimiz muborak, sho‘x yallalar tinmasin,
O‘zbegimning fayziga dunyo havas aylasin!
Свидетельство о публикации №126091102874