Nikoh toyi muborak

Mahalla-ko‘y yig‘ildi, karnay-surnay sadosi,
Bugun ikki yurakning eng go‘zal muddaosi.
Kelinchakning yuzida ibo-hayo pardozi,
Davrani kengroq oling, yangrasin yor-yor ovozi!

Oq libosli kelinchak, yuzlari oydekmikan?
Tillo uzuk taqilgan, qoshlari yoydekmikan?
Qani, kuyov to‘ralar, sho‘x raqsga tushingiz,
Nikoh to‘yi muborak, baxtdan to‘lsin uyingiz!

Kelin-kuyov chiroyli, go‘yo uzukka ko‘zday,
Bir-biriga yarashgan, xuddi yulduz va oyday.
Qaynonalar suyunsin, cho‘ntakdan pullar sochib,
Bugun hamma raqs tushsin, dillardan g‘ubor qochib!

Qani, bo‘ldi, yangalar, qarsakni qattiq chaling,
Kuyovning do‘stlari-yo, davrani qo‘lga oling!
Bunday xursandchilik kun har xonadonda bo‘lsin,
Nikoh qurgan yoshlarning umri quvonchga to‘lsin!

Otalar duo qilsin: «Qo‘sha qaringlar!» — deya,
Onalar orzulasin: «Ulg‘aysin zurriyodlar!» — deya.
To‘yimiz qizigandan qizib hech to‘xtamasin,
O‘zbegimning nikoh to‘yi elda andoza bo‘lsin!

Inshaolloh! Mashalloh!
To‘ylar muborak, kuyov to‘ralar!
To‘ylar muborak, yoshlar baxtiyorlar!


Рецензии