Kohna Buxoro

O‘n besh yil sog‘inchning zahrini yutdim,
Musofir yurtlarda halol non tutdim.
Har tun tushlarimda men seni kutdim,
Quchog‘ing ochib tur, ko‘hna Buxoro,
Bag‘ringga qaytmoqda musofir bolang.

Tarixing tilladan, tuprog‘ing zardir,
Har bitta ko‘changda bir hikmat bordir.
Senda otam izi, onam duosi,
Yuragim talpingan jannat navosi.
Quchog‘ing ochib tur, ko‘hna Buxoro,
Bag‘ringga qaytmoqda musofir bolang.

Changing ham ko‘zimga to‘tiyo bugun,
Ko‘rsam obidangni yechilar tugun.
Bag‘ri mehr to‘la ,  kutar yo‘limni.
Vatan sog‘inchining shavqi dilimda.
Quchog‘ing ochib tur, ko‘hna Buxoro,
Bag‘ringga qaytmoqda musofir bolang.

Minori Kaloning ko‘kka bo‘y cho‘zgan,
Ibn Sinolaring dunyoni kezgan.
Sen ilmu irfonning ulug‘ konlari,
Bag‘ringda uxlaydi Haq sultonlari.
Quchog‘ing ochib tur, ko‘hna Buxoro,
Bag‘ringga qaytmoqda musofir bolang.

Inshaalloh, yetarman pirlar yurtimga.
Bitgaydir qalbimning sog‘inch ohlari.
Omon-eson borib, tuprog‘ing o‘pay,
Onam zamin, seni bag‘rimga bosay!
Quchog‘ing ochib tur, ko‘hna Buxoro,
Bag‘ringga qaytmoqda musofir bolang.


Рецензии