Ishq sharobi

Muhabbat bog‘iga bilmay,  kirib qoldim,
Gullarning bo‘yidan sarmast bo‘lib toldim.
Bir go‘zal chehrani ko‘rdimu shu On.
O‘zimni anglamay, ishq o‘tiga soldim.

Yuraylik bu bog‘da qo‘llarni tutib,
Nizomiy bor alam, g‘amin,  unutib.
Sening borlig‘ingdir menga  oliy baxt,
Yashayman har soniya xajringda kuyib

Bu bog‘ning har yaprog‘i sevgidan so‘ylar,
Qushlari biz uchun sevgila,  kuylar.
Sening nigohingdan yaralgan dunyo,
Yuragim har lahza seni deya  o‘ylar.

Agar bu tush bo‘lsa, uyg‘otma meni,
Mayliga, mast etsin ishqning sharobi.
Butun borlig‘imga aylanding o‘zing,
Sensan yuragimning oliy savobi.

Muhabbat bog‘ida qolsin izimiz,
Bizni tark etmasin shirin so‘zimiz.
To tirik ekanmiz, ushbu dunyoda,
Aslo ayrilmasin hech vaqt ko‘zimiz.


Рецензии