Ozbekiston faxrimsan

Eshitmadim demanglar, keyin afsus qilmanglar.
Quyosh chiqar tomonda, go‘zal o‘lka bor, derlar.
Ul o‘lkani nomini O‘zbekiston Dir, derlar.
Insonlari samimiy, mehmondo‘st, mexnatsevar.
Tuprog‘i oltinga teng, jannatmakon Dir, derlar.


Ko‘kda mag‘rur hilpirar bayrog‘ining ranglari,
Qalbga g‘urur bag‘ishlar ajdodlarning zanglari.
Temur, Mirzo Ulug‘bek, Sinolarning yurti bu,
Jahon uzra yangraydi taraqqiyot bonglari.

Bunda Samarqand boqiy, Buxoro sirli makon,
Har bir qadam tarihdir, har bir go‘sha bir jahon.

Xivaning minorlari ko‘kka bo‘ylab so‘ylaydi,
Bu tuproqdan kuch olgan qancha-qancha qahramon.
Farg‘onaning bog‘lari, vodiyning anxorlari,
Shirin-shakar mevasi, sutdek ariq-soylari.

Toshkent — tinchlik shahridur, do‘stlikning bosh mevasi,
Kechalari charog‘on, nurli quyosh, oylari.
Onalarning allasi yangrar shirin, beg‘ubor,
Bu yurtning qizlarida ibo bilan hayo bor.

Yigitlari or-nomus, oriyatin asragan,
Har bir xonadonida qut-baraka, ziyo bor.
Ko‘kdagi hur qush kabi qanot qoqar yoshlari,
Bilim va mahoratda egilmaydi boshlari
.
Dunyo tanir kun sayin o‘zbekning polvonini,
Toshdan qattiq iroda, doim mag‘rur boshlari.

Tinchlik va osoyishlik — ulug‘ ne'mat, oliy baxt,
Bu yurtda yashamoqlik har bir jonga go‘zal taxt.
Millatlari turlicha, ammo qalbi bir butun,
Mustahkamdir bu birlik, unga yetmas hech bir gard.

Shunday ulug‘ Vatanga qalbimda bor ehtirom,
Ta'riflashga ojizdir tildagi har bir kalom.
O‘zbekiston — faxrimsan, sensan qalbim quvonchi,
Senga bo‘lsin yurakdan doim ta'zim va salom!


Рецензии