Ming shukurlar

Ming shukurlar bo‘lsinkim, erta tong otdi,
Tinchlik tongi ila, quyoshla boqdi.
Chuqur nafas oldim, shukurlar qilib,
Nahotki zaminda, tinchlik uyg‘ondi.

Ming shukur, Allohim, totuvlik uchun,
Ming shukur, Allohim, sokinlik uchun.

Ko‘kda kabutarlar parvoz ayladi,
Bulbullar chamanda kuylar boyladi.
Urushning nomlarin o‘chirib butkul,
Olam o‘z bag‘rini nurga shayladi.

Ming shukur, Allohim, omonlik uchun,
Ming shukur, Allohim, sog‘liqlar uchun.

Onamning yuzida kulgi porladi,
Otam ham xotirjam duo ayladi.
Bolalar shodligi tutib dunyoni,
Tinchlik navolari dilni boyladi.

Ming shukur, Allohim, oilam uchun,
Ming shukur, Allohim, bu davron uchun.

Dalalar bag‘rida yam-yashil bahor,
Ko‘ngillar oromda, yo‘q zarra g‘ubor.
Ertangi kunlarga ishonchimiz zo‘r,
Bu ajib damlarning go‘zalligi bor.

Ming shukur, Allohim, rizq-ro‘zing uchun,
Ming shukur, Allohim, karaming uchun.

Musaffo osmonga boqib to‘ymayman,
Tinchlik bor joyda hech xayol surmayman.
Osoyishta yurtning har bir kuniga,
Jonimni fido deb, aslo tinmayman.

Ming shukur, Allohim, Vatanim uchun,
Ming shukur, Allohim, saodat uchun.

Qalbimda mujassam ulug‘ bir tilak:
Dunyoda hech qachon bo‘lmasin halak.
Har bitta xonadon, har bitta dilda,
Mudom urib tursin sof, toza yurak.

Ming shukur, Allohim, baxtimiz uchun,
Ming shukur, Allohim, taxtimiz uchun.

Tonglar otaversin mana shunday tinch,
Ko‘zlardan yo‘qolsin xavotir va cho‘chish.
Yaratgan egamga aytaylik rahmat,
Bu buyuk ne'matdir – xotirjam yashash.

Ming shukur, Allohim, har nafas uchun,
Ming shukur, Allohim, bor hayot uchun.


Рецензии