Onajonim duosi

Musofir yurtlarda turib intizor,
Har kecha Ollohga tilayman omon.
Ko‘zimda yosh bilan, qalbimda bahor,
Sog‘inib yig‘layman sizni, onajon.

Dunyoning g‘avg‘osi vahima solar,
Uyqusiz tunlarda berarkan azob.
Meni faqat sizning duolar qo‘llar,
Yodingiz bag‘rimga bo‘ladi oftob.

Masofa yo‘llarni qilsa ham uzun,
Ruhim ul yurtimga, talpinar dilim.
Omonlik tilayman o‘zim uchun ham,
Bag‘ringizga sog‘-salomat yetayin, gulim.

O‘zbekiston atalmish o‘sha jon o‘lka,
Tuprog‘i oltin-u, havosi shifo.
Onamning bag‘ridek issiq joy bormi?
U yerda bor axir mehr-u vafo.

Ilohim, panohda asrasin Xudo,
Musofir bandasin qo‘llasin har dam.
Tez kunda quchoqlab sizni, onajon,
Olisdan qaytaman, bo‘lingiz bardam.


Рецензии