Shukurlarkim
Shukurlarkim ona zamin beminnat kuylar.
Har tong umid bilan yangi kun kulib kelar,
Shukurlarkim dilda orzu, pok niyat bo‘ylar.
Shukurlarkim sog‘lik berding, tan ila jonga,
Qadam bosib yura oldim ushbu makonga.
Shukurlarkim omonlik bor bugun jahonga,
Eng bebaho ne'mat deya baxtimni so‘ylar.
Shukurlarkim boshim uzra musaffo osmon,
Tinchlik-omon yurtimizda yashaymiz shodon.
Dasturxonda issiq nonu, uyimizda non,
Har bir kunni saodatli ayladi kuylar.
Shukurlarkim ota-onam sog‘u salomat,
Ular borki xonadonda bordir barokat.
Yuzlaridan nur yog‘ilar, qilar nasihat,
Duolari meni asrar, qalbimni to‘ylar.
Shukurlarkim do‘stlarim bor, sodiq va sirdosh,
Quvonchimga sherik bo‘lib, g‘amda jon, bardosh.
Yo‘llarimda hamroh bo‘lib, bo‘ldilar yo‘ldosh.
Bunday sofdil insonlarni yuragim o‘ylar.
Shukurlarkim farzandlarning kulgusi jarang,
Ular bilan hayotimiz fayzlidir, qarang.
Qalbimizda yashar doim umid rang-barang,
Shukurlikda yashamoqni dilimiz bo‘ylar.
Shukurlarkim Yaratganga, bergan rizqiga,
Har nafasda ko‘rsatgan bu cheksiz mehriga.
Bandasimiz, bosh egamiz haqning amriga,
Bu dunyoda shukur qilgan, Zamin sexriga.
Свидетельство о публикации №126090303218