Шухгина
Nozlanib qadam tashlar,
Yuragimga o‘t tashlar.
Qora qoshu kamonlar,
Bitta boqib jon olar.
Oh, bu raqsing, jonginam,
Kuydirdi-ku bag‘rimni!
O‘ynab bergin bir qadam,
Tingla sevgi ahdimni!
Atlas ko‘ylak yarashar,
Ko‘rganlar voh, talashar.
Zulflaring shamollarda,
So‘zlaring xayollarda.
Mahallada shov-shuvsan,
Oydan go‘zal, to‘linsan.
Nozlaring jonga oro,
Yuraging menga ravo.
Qo‘lda tillo uzuging,
Kulib turar ko‘zlaring.
Qadamlaring musiqa,
Sevganim sen xurliqo
To‘xtamasin bu raqslar,
Jo‘r bo‘lsin bizga sozlar.
Sen dunyoda yagonam,
Mening sho‘x, go‘zal yorim!
Свидетельство о публикации №126090302971