Оловли Севги
O‘zim bilmay sevib qoldim, go‘zal barnoni,
Unga fido ayladim bu shirin jonni.
Ko‘zlarida ko‘rdim butun bir dunyoni,
Topdim unda qalbim izlagan ma'noni.
Sevgi fasli yuragimga soldi bir olov,
Bu olovni so‘ndirolmas dunyoda hech g‘ov.
Ikki dilning chin ahdi bu — mangu muhabbat,
Bizni bog‘lab turar endi buyuk bir qismat.
Nigohlari yuragimga oshno bo‘ldi-ku,
Vayron bo‘lgan bu qalbimga ziyo to‘ldi-ku.
U siz menga butun olam tor bo‘lib qoldi,
Ishqi meni butunlayin asirlab oldi.
Uning bilan hayotimning har oni go‘zal,
Unga atab bitmoqdaman eng shirin g‘azal.
Ikki yurak bir urmoqda, sezmoqdaman men,
Sevgimizga butun umr sodiqdirman men.
Muhabbatning saroyiga birga kiramiz,
Baxt bog‘ida birga davron, davr suramiz.
Bu dunyoda bizdan baxtli bo‘lmaydi hech kim,
Chin muhabbat qo‘shig‘ini kuylaydi yurak.
Свидетельство о публикации №126090302859