Замин
Ona zamin bag‘rida omonlik bildim.
Musaffo havodan to‘yib nafas olib,
Tiriklik sehrini dildan his qildim.
Oftob nurin sochar, uyg‘onar borliq,
Bunda mujassamdir mo‘jiza borliq.
Oqar suvlar kuylar hayot qo‘shig‘in,
Tabiat ko‘rkida yo‘q zarra torlik.
Tuproqni ko‘ziga surtar mehnatkash,
Har bitta niholga jonin bergan bo‘lar.
Kimdir noshukrlik yukidan mastdir,
Yashar bu dunyoda faqat nafsga berilib
Lekin ezgulikdir zamin ustuni,
Chin insoniy sabr bezar har kuni.
Ishonch va umidning nurli yo‘lida,
Haqiqat yengajak zulmatni, tunni.
Quyosh, suv va havo — tiriklik siri,
Ularsiz yashamas insonning biri.
Ona yer rizq berar har bir jonzotga,
Shu sabab tirikdir dunyo taqdiri.
Ey inson, ta'zim qil ushbu zaminga,
Shukur ayt yurakdan har bir damingga.
Ezgulik va haqning zafari haqdir,
Ishongin kelajak sof bayramingga.
Свидетельство о публикации №126090302515