Севги

Qora tunlar cho‘kdi boshimiz uzra,
Qadim qasr ichra boshlandi janglar.
Seni olib qochdim zulmatdan chora.
Ortimizda qoldi qora zulmatlari.

Sahroning qahriga duch keldik bir kun,
Qumli bo‘ronlarda yo‘qoldi yo‘llar.
Ishqing mash'al bo‘lib yoritardi tun,
Birlashib turardi sovuqda qo‘llar.

Dengiz quturib, ortganda to‘lqin,
Kemamiz sinsa ham cho‘kmadik tubga.
Qarashlaring menga baxsh etdi taskin,
Aylandi tuyg‘umiz buyuk maktabga.

Muzlagan tog‘larning cho‘qqisin oshib,
Bizni ta'qib etdi necha bor ajal.
Sevgimiz daryodek ketardi toshib,
Biz bilan titradi eng mag‘rur haykal.

Dushmanning zahriga bo‘lmadik sherik,
Biz tirik qolgan eng g‘olib qahramon.
Layli va Majnundan qolmadi darak,
Bizning sarguzashtga lol qoldi zamon.

Farhod chopolmagan toshlarni yorib,
Biz yangi yo‘l ochdik yurak qonidan.
Shirinning labidan kulgular arib,
Hayratda qoldilar ishq maydonidan.

O‘qlar yomg‘iridan o‘tdik biz omon,
Bizni ajratolmas hech qanday kuchlar.
Har qadam xavf bo‘ldi, har qadam vayron,
Ammo yenga olmas bizni u qushlar.

Nihoyat, cho‘qqida yondi chiroqlar,
G‘alaba kuyini kuyladi osmon.
Ortda qoldi barcha uzun firoqlar,
Bizning sevgi bo‘ldi tillarda doston.


Рецензии