Ният

Azaldan bir tuproq, bir xokdan bino,
Nechun bu dunyoda adovat, g‘avg‘o?
Umr bir nafasdir, oniydir dunyo,
Keling, bir-biringiz do‘st deb bilinglar,
Zamin bag‘riga tinchlik ekinglar!

Chegaralar faqat xaritada bor,
Osmon bitta erur, yulduzlar bisyor.
Afsus beraxmlardan,  yig‘laydi inson
Keling, bir-biringiz do‘st deb bilinglar,
Urushlar zanjirin parcha qilinglar!

Qalblar ko‘r bo‘lmasin, ko‘zlar ko‘rsin baxt,
Onalar beshikka aylasin bor taxt.
Insoniylik erur eng oliy sharaf.
Keling, bir-biringiz do‘st deb bilinglar,
Ko‘ngil saroyiga nurlar to‘kinglar!

Quyosh nur sochadi ayirmay bizni,
Yomg‘irlar yuvadi nafratdan izni.
Unutmang, Ollohning bandasimiz-ku,
Keling, bir-biringiz do‘st deb bilinglar,
Qora niyatlarni oqqa buringlar!

Asrlar o‘tadi, bizdan ne qolar?
Faqat yaxshi nomlar va ezgu kuylar.
Yer yuzi birlashib, bir nafas olar,
Keling, bir-biringiz do‘st deb bilinglar,
Jahon ustida tinchlik quringlar!


Рецензии