Тинчлик калб

Osmon bitta, yer bitta, axir.
Nega buncha dunyo bag‘ri tor?
Har bir dilda umid bor, axir,
Har go‘dakning o‘z orzusi bor.
Qurollarni tashlasin qo‘llar,
Ko‘z yoshlardan charchadi olam.
Bizni kutar munavvar yo‘llar,
Tinchlik istar har bitta odam.

Porlasin, porlasin tinchlik quyoshi,
Dunyoni yoritsin mehr ziyosi!
To‘xtasin urushlar, to‘xtasin ko‘z yosh,
Bir bo‘lsin insoniyat, bir bo‘lsin quyosh!
Porlasin tinchlik quyoshi!

Oqmi, qorami — qondoshmiz bizlar,
Bir zaminning farzandlarimiz.
Bizni kutar porloq yulduzlar,
Tinchlik bo‘lsin tilaklarimiz.
Qo‘lingni ber, ey olis do‘stim,
Biz kuylaylik baxtning qo‘shig‘in.
Gulga to‘lsin men o‘sgan yurtim,
Keng  bag‘ringni, dunyo, och bugun!

Tinchlik bo‘lsin... Tinchlik bo‘lsin.
Yer yuzida mehr kulsin...


Рецензии