Азиз онам

Musofirlik yo‘li uzun, qisqa bo‘lmas,
Onajonim, sizdan bo‘lak dilkash bo‘lmas.
Siz duoda bo‘lsangiz gar, bolam, deya,
Musofirning boshiga hech tashvish qo‘nmas.

Ko‘z oldimdan ketmas sira ko‘zlaringiz,
Qulog‘imda jaranglaydi so‘zlaringiz.
«Sog‘-omon qayt, bolam», degan o‘sha zahot,
Yuragimga malham bo‘lar izlaringiz.

Dunyo ishi tugamaydi, yugur-yugur,
Har kunimga aytaman men ming bor shukur.
Faqat sizni sog‘inganda bu g‘arib bag‘ri,
Tor ko‘rinib, ko‘zlarimga yoshlar to‘lur.

Ona, sizni bag‘ringizga bosajakman,
Dard-u hasrat toshlarini otajakman.
Urushlarmas, tinchlik bo‘lsin bu olamda,
Men yurtga tinch, farovonlik sochajakman.

Ona zamin bag‘ri kengdir, tinchlik bo‘lsin,
Har bir inson o‘z yurtida baxtga to‘lsin.
Aziz onam, sog‘ bo‘ling siz, men qaytguncha,
Oq sochingiz yuzlarimga sadqa bo‘lsin.

Omon bo‘lsa ushbu jonlar, qaytarman tez,
Ostonada kutib olur mushfiq onam.
Musofirning duosidir tinchlik, omon,
Bag‘ringizga omon-eson qaytarman tez.

Tangrim o‘zing bilguvchi va raxmli,iloxim omonlikda diydorlashish nasib etsin.


Рецензии