Гузал Калб

Qalbim senga bog‘lanib qoldi,
O‘y-xayolim seni deya chog‘lanib qoldi.
Ko‘zlaringga boqsam, qamashar ko‘zim,
Gul yuzligim, yuragimga otashni soldi.

Nigohingdan ajib bir sehr izladim,
Isming aytib, tunlar faqat seni so‘zladim.
Sensizlikda bu dunyoda yashay olmayman,
Yuragimni sevging ila tanho bezadim.

Ikki dilning uchrashuvi taqdir azaliy,
Sevgimizdir bu olamning eng go‘zal kuyi.
Sen tomonga chorlar meni har bitta qadam,
Ko‘ngilginam sen deb urar, ey bahor guli.

Pok muhabbat osmondagi yulduzga o‘xshar,
Bizning sof tuyg‘ular kundan kun yashnar.
Qo‘llaringni qo‘llarimga bergin, azizim,
Bizni faqat baxtli, yorqin kunlar kutishar.

Kulgichingdan yaralgan shirin bir dunyo,
Sen men uchun eng muqaddas, bebaho ro‘yo.
Ko‘zlarimiz to‘qnashganda to‘xtaydi zamon,
Dardlarimga sendan o‘zga yo‘qdir hech davo.

Osmondagi oy ham bizga havasla boqar,
Bizning bu sof sevgimiz daryodek oqar.
Hech qachon so‘nmasin ko‘ngil otashi,
Sen bor hayot men uchun jannatdek yoqar.

Va'damiz sodiqdir, sevgimiz mahkam,
Ayro qilolmaydi bizni hech bir g‘am.
Sen mening baxtimsan, sof muhabbatim,
Birga bo‘laylik, gulim, har nafas, har dam.

Insoniyat qalbi eng go‘zal tuyg‘u bilan bir umr bog‘alinib har bir qalb egasi o‘ziga xos sadoqatli qalb bilan bo‘lsin deb iltijo qildim.


Рецензии