Тинчлик куёши
Qarang, olam ajib, dunyo go‘zaldir,
Har otgan tongida bir hikmat yashar.
Bugungi tashvishlar o‘tkinchi yeldir,
Ertaga qalblarda quvonchlar toshar.
Xavotir va qo‘rquv chekinsin nari,
Osmonda quyosh bor, so‘nmas umid bor.
Biz baxtga talpinib yashagan sari,
Hayotning har oni bo‘ladi dildor.
Uchib ketsin dildan g‘ubor, vahima,
Qalbni keng oching siz orzular uchun.
Yaratgan bandasin etmas benasib,
Yetkazur tinchlikning kuniga bir kun.
Bolalar kulkisi jaranglar sokin,
Yashil bog‘lar ichra gullar ochilar.
Xavotirsiz kelajak yaqindir, yaqin,
Yo‘lingizga nurli baxtlar sochilar.
Yashash naqadar soz, quvnoq va erkin,
Har bir nafasimiz o‘zi bir in'om.
OLAM uzra tomon boqing tabassum bilan,
Shunda go‘zallikka to‘ladi dunyo.
Qo‘llaringiz ochib duo qilganda,
Yaxshi kunlar kelar, ko‘ngil bo‘lar to‘q.
Tinchlik quyoshi ham porlar samoda,
Urush va g‘amlarga o‘rin aslo yo‘q.
Go‘zal kunlar hali oldinda sizni,
Kutib turar doim shodlik va zafar.
Tabassum tark etmas yuzingizni hech,
Baxtli kelajakdir ushbu gal safar.
Ilohim Tangrim o‘zi duolaringizni qo‘llab, tinchlik quyoshi bir umr porlasin.inshaallax.
Assalomu alaykum va raxmatulloxu va barakatuh.
Свидетельство о публикации №126082206352