Мигрант
Biri uylanish bo‘lsa, biri esa uy qurish.
Eng asosiy orzusi mashina minib yurish.
Bu orzuga yetmoqqa juda katta pul kerak.
O‘n yettiga yetdingmi, Rossiya ketish kerak.
Mayli siz, osmono‘par, hashamatli uy quring.
Musofirlikda ishlab, Vatan qadrini biling.
Chetda ishlash oson mas, sog‘inch,alam qiynaydi.
Musofir bo‘lmaganlar buni hech ham bilmaydi.
Hayot qiziq, insonlar rizqin topar har yerdan.
Asosiysi ishlagin halol peshona terdan.
Musofir bo‘lmaguncha musulmon bo‘lmas ekan.
Ona Vatanin qo‘msab, zerikib yurmas ekan.
Bu naql chindan ham rost,
Musofirlar sog‘ yursin.
Ishlab topgan pulingiz,
Yaxshilikka buyursin.
Omon eson Vatanga,
Barcha musofir kelsin.
Topgan halol nonini huzur qilibla yesin.
Свидетельство о публикации №126081806425