Тинчлик Нури
Tarqab ketdi zulmatli tuman.
Har yurakka kirdi ezgu o‘y,
Nur faslini kutmoqda chaman.
Osmonlarda suzar xumo qush.
Qanotida baxtning navosi.
Butun olam quvonchdan kular,
To‘ldi tinchlik, omon havosi.
Urushlarning nihoyasi bu,
Qurollar ham zaminga botdi.
Yo‘qoldi ust-boshdagi g‘ubor,
Ozodlikning tonglari otdi.
G‘alabaning qo‘shig‘i yangrar,
Onalarning ko‘zida sevinch.
Farzandlarin bag‘riga bosar,
Dunyo topdi nihoyat ilinch.
Yaqin kunda porlar u quyosh,
Qudratidan titrar qora tun.
Ko‘zlardan hech oqmaydigan yosh,
Go‘zallashar hayotimiz, kun.
Bolajonlar kulgusi baland,
Quchoqlarda gullar ochilar.
Tinchlik degan oltin taxt bilan,
Yer yuziga nurlar sochilar.
Iloxim, bu sehrli navo,
Tez orada bo‘lsin ijobat.
Tinchlik porlab, kelsin doimo,
Butun olam topsin xalovat.
Свидетельство о публикации №126081806326