Бухоро

Azim Buxoro — tarix ko‘zgusi,
Har bir g‘ishtida o‘tmish tuyg‘usi.
Sayyohlar talpingan muqaddas makon,
Sensan obidalar yurti, jonajon.

Arkning devorlari ko‘kka bo‘y cho‘zgan,
Shahonlar tarixin toshlarga yozgan.
Qadding dol bo‘lmagan asrlar osha,
Har bir burchaging bir olam tomosha.

Minorai Kalon — yuksaklik ramzi,
Ko‘kka tutashgandir buyuklik ahdi.
Miri Arab gumbazlari moviy rang,
Qadim Sharq naqshida porlaydi jarang.

Bahovuddin Naqshband ziyoratgohi,
Qalblarga nur sochar poklar nigohi.
Mohi Xosa bog‘i — shohona saroy,
Husnidan lol qolar osmondagi oy.

Milliy choyxonalar fayzga to‘ladi,
Mehmon kelgan uyda bayram bo‘ladi.
Zardo‘zlar qo‘lida tovlanar tillo,
Bunday mohir usta uchramas aslo.

Mehnatkash, bag‘ri keng insonlaring bor,
Yuzida tabassum, qalbida iftixor.
Ipak yo‘li uzra porlagan mayoq,
Ko‘hna Buxoroga bo‘lsin jon fido!


Рецензии