Севги Тарихи
To‘raboy va Sayyora
Muxabbatin bayon etay.
Afsonaga aylangan o‘sha,
Pok sevgining qissasi tirik.
Ikki dunyo bo‘lsa ham aro,
Qalblar uchrar, sog‘inchi yirik.
Ko‘zlar emas, ko‘ngillar suydi,
Zarra gumon topmadi imkon.
Bu dunyoning dardini unut,
Nigoxlarda yashadi jahon.
Go‘zal qalblar uchrashgan mahal,
Osmon yig‘lab, tingladi navo.
Ishq dardiga mubtalo dillar,
Bir-biriga bo‘ldilar davo.
Mol-dunyoning qiymati qolmas,
Sevgi asli eng oliy tuhfa.
Pok yuraklar urib turganda,
Har bir lahza go‘zal sahifa.
Asrlarning qa'ridan kelgan,
Bu muxabbat o‘chmaydi soqiy.
Chin oshiqlar ismi she'rlarda,
Afsonaga aylanar boqiy.
Ikki vujud, ammo yagona,
Bir nafasda yashaydi albat.
Pok sevgining chirog‘i yonib,
Kelajakka o‘chmas, muxabbat
Yillar o‘tib, asrlar o‘tib
Chin oshiqlar dillarda qoldi.
Sevgilari dostonlar bo‘lib.
Nizomiy qo‘shiqlarida, abadiy qoldi.
Insoniyat bu dunyoda bir marta kelarkan. Shu qisqa berilgan umrni pok muhabbatga va ezguliklarga qaratishi kerak ekan, Chunki inson bu dunyodan o‘tgandan so‘ng, uni kelajak avlod xavas qilgan xolda eslab, xaqqiga duolar qilsin.
Ilohim olloxim Tangrim Xudoim o‘zi qo‘llasin.
Assalomu alaykum va raxmatulloxu va barakatuh!
Свидетельство о публикации №126081602216