Ишкингда

Seni deya vox sarmast bo‘libman,
Ishqingda kuyib, shikast bo‘libman.
Kecha yu kunduz, mohim, xayolimdasan,
Mohichehra vasling debon, majnun bo‘libman.

Diydoring umidida ko‘zlarim yo‘lda.
Noming dilimda-yu, ohlarim tilda.
Xijron sahrosida qolgan g‘aribman.
Ishqing otashida yongan tabibman.

Qoshing yoyi urdi bag‘rimga xandjar,
Xushro‘y zulfilaring tuzoq boqsam, gar.
Jonimni fido aylay bir boqishingga,
Sensiz bu tiriklik menga ne darkor.

Ko‘ngil qushi uchdi sen tomon, yo rabb.
Vasling bog‘i ichra qolsaydim yo rabb
Firoqingda kuyib kulga aylandim,
Kelgil, yorim, orzularim bo‘lmasin sarob.

Dunyoning bor budi ko‘zimga zulmat,
Sensiz bu hayotda yo‘q zarra lazzat.
Ishqing maqomida bo‘ldim gadodek.
Rahm ayla nazaring, ko‘rsat bir shafqat.

Ey Mohichehra, tingla oxu fig‘onim.
Ishqing kuydirdi jismu jahonim..
Kiprik tig‘i bilan o‘ldirgil meni.
Vasling bilan shod et oshiq Nizoomni.

Ko‘rsatgin jamoling, hech bo‘lmasa, oz.
Seni deya g‘azal bitar,ul Nizomnamoz.
Ko‘nglimni shod aylab, kel guli rano.
Xusnidjamolingga bo‘libman, shaydo.


Рецензии