Бевафо

Osmonlarga uzoq boqib, seni izlayman,
Chorbog‘dagi gul-rayhonni sevib, hidlayman.
Yolg‘izlikning azobidan to‘yib, yig‘layman,
Ishongandim, ham sevgandim bevafoginam.

Ko‘zlaringda ko‘rgan edim baxtning rasmini,
Yuragimga yozgan edim sening ismingni.
Bugun esa quchoqlayman bolish, yastuqni..
Yuragimni pichoqlading, bevafoginam.

Va'dalaring qayda qoldi, ey bag‘ri toshim?
Seni o‘ylab tugamoqda sabru bardoshim.
Ko‘zlarimdan tinmay oqar achchiq ko‘z yoshim,
O‘zga gulni tanlab ketding, bevafoginam.

Orzularim bir lahzada bo‘ldi-ku barbod,
Muhabbatim azoblarda chekmoqda faryod.
Sensizlikka ko‘nikmoqda bemordek, noshod,
Qadrim yerga ko‘mib ketding, bevafoginam.

Qo‘llaringni ushlagan ul begona qo‘llar,
Qachonlardir biz borgan yo‘l, bo‘ldiku cho‘llar..
Endi bizga begonadir, sog‘inchli kunlar,
Muhabbatni arzon sootding, bevafoginam.

Yoshligingda o‘ynab qolding xar xil yo‘llarda
Tovba qilmay, ovinarding, har xil qo‘llarda.
Sharmandaga shaxar kengdir, tavbalar qildim.
Bukrini xam go‘r tuzatmas, bevafoginam.

Tangrim o‘zing bilguvchi va adashgan bandalarni ko‘rguvchisan.
Iloxim hech kimni boshiga bevafo yor balosini boshqa yo‘lattirma.


Рецензии