Киргокда

Ko‘ngil mulkining sultoni bo‘larmu,
O‘n sakkiz yoshinda oydek to‘larmu.
Mendek oshiq, devonani rad etmay,
Ko‘nglimni chog‘ qilib, kulib kelarmu.

Daryo qattiq yig‘lar mening dardimdan,
Mavjlar xabar bermas yorning poyidan.
Intiq kutgan ushbu ko‘zi maxzunga,
Vasli diydoridan ziyo kelarmu.

G‘oyibona ishqing bag‘rimni tildi,
Bu tirik jismimni bir soya qildi.
Qirg‘oqda muallaq qolgan umidga,
Raxm aylab, ul guljamol kelarmu.

Ishqing iztirobi suvdek oqarmu,
Bu otash yurakka  tinmay yoqarmu.
Nigoxim daryoga tikilgan ko‘yi,
Intizor jonga bir sog‘inch yetarmu.

Daryo ham sukutda, tinglar oximni,
Suvga aytdim pinxon shaxonshoximni.
Falakka sachragan achchiq yoshimdan,
Bu xijron tunidan naxor kelarmu.

Yuragim qon bo‘ldi yorning xajrida,
Kuyib kul bo‘ldi jon ishqning sahrida.
Oqar suvlar aytsin, mening maxbubam,
G‘arib ko‘nglim so‘rab, bir bor kelarmu.

Shukrkim, Tanriga, berdi bu ishqni,
Dard bilan sinadi soodiq ko‘ngilni.
Dunyo unutsa ham alam-xidjronni,
Bu baxt ulashilgan naxor kelarmu.

Nizomnamoz, ayla Tangriga hamdu sanolar,
Ishq dardi qalbingga ulug‘ shifolar.
Robbimga shukrlar, taqdirga rizo,
Oxir visol kuni bizga kelarmu.


Рецензии