Сен

Sof sevgimiz sarmast bo‘lib, sen xush kelibsan,
Qurigan bu tashna dilga jon baxsh etibsan.
Yuragimning sultonisan, baxtim o‘zingsan,
Qalbimdagi eng chiroyli qo‘shiq bo‘libsan.

Iztirobli kunlar qoldi ortda sarson,
Sog‘inchlardan kuygan edi bu dil hamon.
Bugun esa ikki yurak murodga yetdi,
Muhabbatning chirog‘idan yorishdi jahon.

Go‘zal qalblar birlashdilar baxt ufqida,
Go‘yo quyosh porlaganday visol tunida.
Endi bizni ayirolmas hech qanday kuch,
Yashaymiz biz sadoqatning ulug‘ kunida.

Ko‘zlaringda ko‘rib turibman baxtimni men,
Topdim oxir izlab yurgan taxtimni men.
Qo‘llaringni mahkam tutib, va'da beraman,
Senga baxsh etdim butun hayotimni men.

Dardli kunlar she'rda qoldi, bitdi u og‘riq
Bugun bizga havas qilar hattoki borliq.
Ikki dilning chin visoli qo‘shiqlar bo‘ldi,
Gul baxtimiz mangu bo‘lsin,
Xonadonimiz, baxtlarga to‘lsin.

Qo‘sha qarib, baxtli hayot gashtini suraylik,
Muhabbatdan muxtasham bir saroy quraylik.
Bizning go‘zal sevgimizdan kuylasin olam,
Birgalikda mangulikka qadam qo‘yaylik.


Рецензии