Sensizlikda

Sensizlikda qoldi bu jonim,
Zulmatlarga cho‘kdi dunyoyim.
O‘tib borar har bir onim,
Seni so‘rab uradi jonim.

Suratingga termulib hamon,
Hijroningda yonar bu yurak.
Senga eltmas har bitta tomon,
Menga faqat visoling kerak.

;Lekin umid uzmayman aslo,
Tushlarimda ko‘rarman har kun.
Sog‘inchga ham berib alvido,
Biz birga bo‘lamiz bir kun.


Рецензии