O tmish to lqini...

Xotiralar ummonida g'arq bo'ldim man,
Xayollar to‘lqini olib ketdilar olis.
Har bitta lahzani eslab bugun man,
Sog‘inchlar qiynaydi bag‘rimni xolis.
;Ketgan kunlaringning izi o'chmadi,
Sog'inchlar qalbingda qoldi bir tugun.
Xayollar bir zum ham sendan kechmadi,
Tushlarim sarobga aylandi bugun.
;Lekin umid so'nmas, yashaydi hamon,
Eski xotiralar bersa ham ozor.
Har bitta tun ortida bor yorug' tomon,
Hali oldimizda go'zal bahor bor.


Рецензии