Семург куши
Parvoz qilar oq kabutar mag‘rur.
Ko‘k yuzidan tinchlik timsoli,
Yer yuziga tarar ajib nur.
Semurg‘ qushi – sehrli navo,
Baxt va omonlik keltirur bu dam.
Qanotida oppoq orzular,
Tinchlik bilan yashnar ushbu ham.
Yomg‘ir yuvgan musaffo osmon,
O‘zbekiston havosi bo‘lib,
Har nafasda ufurar hayot,
Qalblar ketar quvonchga to‘lib.
Yovuzlikning kuli sovurilib,
Qora niyat mag‘lubdir butkul.
Osoyishta zamin bag‘rida,
Nihol otar, ochiladi gul.
Qarang, dunyo qayta tug‘ildi,
Mitti tomchi baxsh etdi hayot.
Mehr-oqibat, totuvlik ulug‘,
Ezgulikka aytilar bayot.
Tinchlik sozi yangrar jahonda,
Semurg‘ qushi aylanar sokin.
Insoniyat chin baxtni ko‘rdi,
Mayda mayda yomg‘irdek, sekin.
Jaranglaydi eng go‘zal so‘zlar,
Erkin yurtning har bir elida.
Omonlikning madhi yangraydi,
Ona yerning shirin tilida.
Barqarordir mangu osoyish,
Go‘zal zamin, muqaddas vatan.
Semurg‘ qushi qanoti osti
Omon bo‘lgay butun anjuman.
Mayin mayin yomg‘ir yog‘aver
To‘kinchilik, baraka ramzi
Baxt va tinchlik ufurib turgan
Insoniyat "Tinchlik" dir, so‘zi.
Свидетельство о публикации №126072603099