Ёмгир

Yomg‘ir mayin-mayin yog‘moqda,
Sokin yozning tongi otar jim.
Shivirlashi quloqqa yoqar,
Tinchlik og‘ushida  dam olar Xalqim.

Mayda-mayda yomg‘ir tomchisi,
Yuvib ketsin dildan  g‘uborni
Nafis chechak ochib yer yuzin,
Ko‘klamzordek yashnatsin, bog‘ni .

Qora niyat, hasad, adovat,
Tomchilarda erib yo‘q bo‘lsin.
Dunyo unutsin urush, sitamni,
Har bir uyga baxt, zafar to‘lsin.

Yovuzlikning zaxri to‘kilib,
Ozod bo‘lsin bu go‘zal zamin.
Insoniylik, chin ezgu tuyg‘u,
Yuraklarga baxsh etsin taskin.

Mittigina har bir tomchida,
Mujassamdir poklik, totuvlik.
Qalblar aro mehr uyg‘onib,
Barham topsin sovuq yovuzlik.

Jumla  olam sevmas urushni.
Tinchlik kuyi yangrar ko‘klarda.
Odamzodga bo‘lgan muhabbat,
Unib chiqar vodiy, qirlarda.

G‘alabadir ezgulik so‘zi,
Nur yengajak zulmat dastini.
Yomonlikning zanjiri sinib,
Biz ko‘rarmiz hayot aslini.

Osoyishta davom etar vaqt,
Yomg‘ir esa yog‘ar betinim.
Pok dunyoda, tinch omonlikda,
Ulg‘ayadi ozod har tinim.

Mayda mayda yomg‘ir yog‘aver
Toki barcha g‘uborlar tinsin.
Tosh yuraklar, qaxr g‘azablar.
Erib, butkul yo‘q bo‘lib ketsin.

Illo ollox yog‘dirgan yomg‘ir
Kelajakni ko‘klamzor qilsin.
Go‘zal xayot, baxtli kelajak.
Tinchlik deya, qo‘shiqlar aytsin.


Рецензии