Ожиз Банда. Узбек шеъри
Biz bandangni doim to‘g‘ri yo‘lga sol.
Qalblarni toatga burguvchi, Tangrim
Dilda iymon, yurakka Islom baxtin sol.
«Mashaalloh» ayturmiz har bir husnungga,
Yaratgan mukammal dunyoying ko‘rib.
«Inshaalloh» deya qadam tashlaymiz,
Sayri suluk ichra, Xaq sari yurib.
Rizq berding, qalblarga sokinlik, xuzur
«Alhamdulillah» deb shukrlar aytdik.
Biz Sening bandangmiz, itoatgo‘ying.
Gunohlarni yuvib, O‘zingga qaytdik.
Yurakda ezgulik, ko‘zlarda quvonch,
Rahmating umidvor ayladi bizni.
Islomning ulug‘vor, porloq nuri-la,
Munavvar xar kuning, shukurlar aytdik.
«Assalomu alaykum va rahmatulloh»,
Barakang yog‘ilsin mo‘min xalqimga.
Biz Sendan rozimiz, Sen ham rozi bo‘l,
Osiy bandang ingan ushbu qalbimga.
Nizomnamoz ismli ojiz bandangman,
Xotimasin xayrli aylagin, Rabbim.
Ziddiyatlar, to‘qnash , yo‘q bo‘lib.
Tinchlik zamon, bayram bo‘lsin, maqsadim.
Свидетельство о публикации №126072603004