Ё тангрим

Yer yuzida tinchlik bo‘lsin, ilohim,
Yomon niyat, falokatlar  bo‘lmasin.
Barcha xalqlar do‘stona, yayrab, yashnab,
Yaqinlarim bevaqt nobud, bo‘lmasin.

Qodir Egam! Yig‘lab, tavbalar qildim.
Gunoxkor bandangni iloxim, kechir.
Qo‘rquvga to‘lgan ul  qalblarni oqlab.
Vaxima va g‘amni uzoq qil so‘ldir.

Omonlik nurini dilimda jo qil.
Har kuni sajdalar qilay, o‘zingga.
Tavba-tazariylar qilgan bandangni
Pok yo‘llarin ochib, mushkulin oson qil.

Yo Tangrim! O‘zingsan, yagona panox.
Bandangni yo‘lga sol, qilmasin, gunox.
Sen suygan yaqinlar, oldiga chaqir.
Xudoning mehri keng, bandangga bildir.

Ko‘zimdan yosh emas, umidlar qalqsin,
Dunyoda yaxshilik mash'ali yonsin.
Tunning ortida bor albatta kunduz,
Qalbimda xotirjam tuyg‘u uyg‘onsin.

Ilohim, zaminga tinchlik yor bo‘lsin,
Har bir tirik jonga ezgulik  bo‘lsin.
Urushlar yo‘q bo‘lib, ona zaminga
Insoniyat!  Tinchlik  deya, quvonchga to‘lsin.


Рецензии