Ота уйимиз

Musofir yurtlardan ko‘z tikib intiq,
Ota uy sog‘inchi qalbimda kuchli.
Diydor shirin ekan, mehrimiz to‘liq,
Ota hovlim tomon talpindim atay.

Otam To‘ra bobo ruhi bo‘lsin shod,
Jannat bog‘larida topsinlar makon.
U kishidan qolgan aziz bir meros —
Onajon, siz borsiz, uyimiz omon!

Sakson yetti yoshda duogo‘yimsiz,
Har bitta nafasda bizni asragan.
Otamning o‘rnini bildirmay sira,
Bizga bor mehrini fido aylagan.

Qani, ota uyda jam bo‘lsak bir kun,
Nodira, Nazora opam bosh bo‘lib.
Nozira, Dilfuza opamlar bilan,
Xonadon supasi nurlarga to‘lib.

O‘g‘iloy Uchquduq yo‘llardan oshib,
Dilrabo singlimning tinmas g‘ayrati.
Nazirjon, Botirjon ukamlar bilan,
Kelsa-ya oilamning qut-barakati!

Ushbu tabarruk uy, fayzli xonadon,
Otamning izlari qolgan chamandir.
Onamning poyiga boshimiz qo‘yib,
Suyangimiz kelar aziz makondir.

Kamina  — Nizomnamoz,, uzoqda yurgan,
Sizlarni sog‘inib duolar qilgan.
Ota uyda turib, Qur'onlar o‘qib,
Ko‘ngli quvonchlarga, nurlarga to‘lgan.

Ey jigarlarim,  omon bo‘lingiz,
Onamni asrangiz — ko‘zimning nurin.
Ota uyda borib, suxbatlashaylik,
Tabarruk  uyimizda, diydorlashaylik.


Рецензии