Илохим. Узбек шеъри
Yomon niyat, qotilliklar bo‘lmasin.
Barcha xalqlar do‘stona, yayrab, yashab,
Yaqinlarim dushman deya, o‘lmasin.
Qodir Egam, o‘zing, har balodan saqla,
Osmonni musaffo, muloyim, ayla.
Bolalar yig‘lamay, kulsin dunyoda,
Har bir xonadonni baxt bilan siyla.
To‘qnashuvlar tugab, qurollar sinsin,
Yurakdagi vahima, qo‘rquvlar tinsin.
Dunyoning har bitta chekkasida ham,
Inson qadri baland, muqaddas bo‘lsin.
Onalar ko‘zidan oqmasin yoshlar,
Omon bo‘lsin hamisha aziz bu boshlar.
Urush balosini ko‘rmasin hech kim,
Erisin yurakda jam bo‘lgan toshlar.
Kelajak avlodga qolsin tinch Vatan,
Do‘stlik zanjirlari bo‘lmasin xazon.
Mehr va muhabbat ustuvor bo‘lib,
Gullasin, yashnasin biz yashagan zamon.
Ezgulik g‘olibdir hamisha, har dam,
Yorug‘ kunlar kelar, tarqaladi g‘am.
Ilohim, dunyoda tinchlik bo‘lsin, jam
Omon bo‘lsin xalqlar, yayrab, xotirjam.
Свидетельство о публикации №126072602864