Дуо
Qur'on oyatlari qalbga bo‘lsin jo.
Butun balolarni daf et sinovdan,
Tinchlik soyasida yashasin dunyo.
«Yo Rabbim, Qodirsan», deya iltijo
Insonlar bir-birin do‘st deb bilsinlar.
Urush degan vabo, yo‘q bo‘lib, ketsin
Xalqlar totuvlikda umr qilsinlar.
Oyatlar nuridan tarqalsin zulmat,
Ixlos va Fallaqdan kuch olsin dillar.
Omonlik baxsh etsin har bir ibodat,
Onalar ko‘zida to‘lsin kulgular.
Bu yer yuzi bizga omonat makon,
Do‘stlik zanjirlari bo‘lmasin vayron.
Qo‘llarin uzatib har bitta inson,
Yashasin tinchlikda, sog‘ va farovon.
Duoga qo‘l ochib so‘rarmiz madad,
Inshaalloh, ijobat bo‘lar bu tilak.
Millatlar aro uzilmas ushbu ahd,
Bizga faqat osoishta baxt kerak.
Ilohim, Omin deb so‘zimni tugay,
Qalblarda uyg‘onsin mehru muhabbat.
Qodir Egam o‘zing asragin doim,
Jahonda hukmron bo‘lsin saodat.
Свидетельство о публикации №126072602797