Тинчлик

Tunlar aro zulmatlarni yoritgan egam,
Qalbimizdan kulfatlarni aritgan egam,
Qodir Egam, O‘zingsan panoxning ko‘zi,
Sendan panoh so‘rar bugun yer yuzi.

Yo Rabbim, asragin balo-qazodan,
Ellarni qutqargin og‘ir vabodan.
Dunyo urush ko‘rmay, do‘st bo‘lib yashasin,
Tinchlik sadosi kuylansa, shu bas.

Qur'oningdan izlab najot va shifo,
Oyatlar nuridan tarqalar ziyo.
Qalblar birlashsin, adovat yo‘q bo‘lsin,
Har bitta xonadon barakaga to‘lsin.

Inshaalloh, ijobat bo‘lar duolar,
Tinchlik istab so‘rar barcha daholar.
Millatlar bir bo‘lib, qo‘llarin tutsin,
Yer yuzida faqat bayramlar bo‘lsin.


Рецензии