Буюк сиймолар
Nafosat bog‘ida bulbul sayragan,
Ishqning bor maqomin kuyga boylagan,
Navoiy, Fuzuliy
Zulfiyaxonim —
She'riyat mulkida so‘nmas osmonim.
Navoiy g‘azali — yurak navosi,
Sadoqat va sevgi, hayo sadosi.
Fuzuliy qalbining nozik xilqati
G‘azal mulki sultoni, Navoiy taxti,
O‘zbek millatining, eng yetuk baxti.
Uvaysiy kuyladi xijron dog‘ini,
Gullatdi ko‘ngilning xazon bog‘ini.
Yoritdi she'riyat chiroq, tog‘ini
Har bitta misrasi durru javoxir,
Dunyo xavas qilgan benazir moxir.
Zulfiya — sadoqat mash'ali, nuri,
O‘zbek she'riyatin eng go‘zal xuri.
Olima ayolning qalbdagi qo‘ri,
Bahorni sog‘inib kuylagan nafas,
Uning matonatiga etdi el havas.
Ushbu ulamolar xaqiqiy nafas.
Ular bor — tirikdir qadrimiz xar on.
So‘zlari jaranglar, titraydi jaxon,
Muqaddas siymolar, boqiy qadriyat
Siz bilan faxrlanar butun bashariyat.
Свидетельство о публикации №126072602731