Ватан согинчи

Xijron va sog‘inch azobi
Navo topmish g‘azallarin Zulfiyaxonimdin.
Navoiy, Bobirmirzo, benazir soxibqironimdin

Meningdek zamondosh shoiri  she'riyatga,  oshiq,
Alarning ishqida Majnun bo‘lib o‘tdi jahonimdin.

Bu kun men ham musofirman, yurak bag‘rim g‘azalga mo‘l.
Vatanning sog‘inchi kuydirdi jonu xonumonimdin.

G‘arib qalbim sog‘inur har nafas ul mushfiq Onamni,
Jigarlar yodi tinch qo‘ymas, o‘rtar har lahza jonimdin.

Musofirlik aro cheksam-da xijron otashin, Rabbim,
Omonlikda ko‘rishishni nasib etgil makonimdin.

Nizomnamoz, duo qilgil, vatanga sog‘-omon yetgin.
Ayirmasin seni Tangrim hech bir vaqt jannatsimon Buxorodin.


Рецензии