Узбекларга хос

Erta tongda xovlilarda suvlar sepilgan.,
Har hovlida xushbo‘y xidlar. Nonlar yolpilgan.
Kelinchakning ta'zimi –la, o‘zbekona ro‘y.
Bu makonda har kun bayram, har kun yuzta to‘y!

To‘n kiygizib, bel bog‘laydi, otaxonlarim,
Oq sut berib, duo o‘qir onaxonlarim.
Kattalarga izzatdadir jon-jahonlarim,
Urf-odati eng go‘zaldir, jon rishtalarim!

Charx uradi har davrada atlasu adras,
Qadam tashla, raqsga tush, qilsinlar havas.
Surnay navosi yangrar, tinmaydi nafas,
Bunday sho‘xchan kuy-qo‘shiqlar o‘zbeklarga xos!

Dunyo havas qilgudek mehnati halol,
Bog‘larida pishadi anjiru anor.
Ko‘kka bo‘ylab yuksalar shon-sharaf, alyoor.
Har yurakda g‘urur bor, yashar baxtiyor!

O‘zbek elim, ochiqko‘ngil, mexnatkashlarim.
Ulug‘ xalqim, ta'zim sizga zaxmatkashlarim
Tandirdagi nonidek issiq bag‘rlari keng,
Dunyo ichra tengsizim, siz jon jaxonlarim.


Рецензии