Хиёнат
Hijron, sog‘inch qiynar bag‘rim, naylayin.
Yonaverdim ishq o‘tida bir umr,
Dardim kimga aytib, dodlar aylayin?
Ko‘zlarida bor edi sof bir dunyo,
Nigohlari tuyulgandi bir ziyo.
Qalbim berdim, borlig‘imni topshirib,
Bilmabmanki, bular bari bir ro‘yo.
Muhabbatim edi pok va beg‘ubor,
Yo‘llariga intizordim orziqib.
Ul go‘zalning siyratida makr bor,
Yurakkinam qoldi bugun og‘rinib.
Ishlab, yashab ko‘r bo‘libdi ko‘zlarim,
Ishongandim har bir aytgan so‘ziga.
Endi mana, yolg‘izlikda bo‘zladim,
Boqolmayman dunyoning hech yuziga.
Ayyorlikni niqob qilgan ul malak,
Ishqimni u o‘yin bildi, naylayin.
Xiyonatdan vayron bo‘ldi bu falak,
Bunday makkor yorni endi naylayin?
Ayri qildi taqdir bizni, shukurlar,
Yangi hayot chorlamoqda, shukurlar.
Ortda qoldi u makkorning tuzog‘i,
Qalbdan ketdi og‘ir, mahzun fikrlar.
Aldab yurgan ekan soxta sevgisi,
Endi menga begonadir qayg‘usi.
Xiyonatning zahri tamom tarqaldi,
Uyg‘onmoqda qalbning yangi orzusi.
Yolg‘onlarga to‘la kunlar tugadi,
Ozod bo‘ldi zanjirlardan bu yurak.
Taqdirimning tuhfasiga ming shukur,
Endi menga toza, baxtli yo‘l kerak.
Yo‘llarimni olloximga, topshirdim.
Ming shukur deb, panoximga bildirdim.
Свидетельство о публикации №126072602030