Тугилган кун
Takror kelar yana o‘sha kun.
Yoshlikdagi quvonchlar qayda,
Ellik besh yosh — men tug‘ilgan kun.
O‘n birinchi iyul' — qutlug‘ bu sana,
Yoshimga yosh qo‘shilgan kundir.
Ko‘zda sog‘inch, yurakda yara,
Musofirda o‘tgan sog‘inchdir.
Rossiyada, Moskva bag‘rida,
Jigarlarim diydori yiroq.
Musofirlik bir sinov ekan,
Yuragimni kuydirar firoq.
Yillar! Yuzga chizibdi ajin,
Sochlarimga qo‘ndiribdi, oq.
Mushtoq bo‘lib yo‘limga intizor,
Onajonim sog‘indi ko‘proq.
Ammo ko‘nglim umiddan porlar,
Bu kunlar ham o‘tadi, Xudo.
Onajonim, sog‘-omon bo‘ling,
Qilmasin hech bag‘ringiz judo.
Chin niyatlar qilib onajon
Bir kun qaytar musofir bolam.
Quchoq ochib ko‘rishmoq nasib,
To‘lib ketar o‘sha kun dunyom.
Onaginam meni kechiring
O‘zga yurtda ancha yil bo‘ldim.
Sog‘inibla sizni har har safar
Qarabsizki, ellik beshga to‘ldim.
Inshaallah vojiblar bo‘lib
Ko‘rishmoqlik, nasiblar bo‘lsin.
Barcha shodon, quvonch, baxt Ila
Xonadonimiz baxtlarga to‘lsin.
Свидетельство о публикации №126072601686