Мусофир саждаси
Nafsning tuzog‘idan asra iymonni.
Yo Rabbim, O‘zingdan o‘zgaga qul qilma,
Zikringla uyg‘otgin g‘ofil insonni.
Tavbalar qilaman, Subhonallohim,
Astag‘firullohdir aytgan panohim.
Go‘zal qalblar ichra nur sochsin islom,
Jannatda diydoring ko‘rsat, Allohim!
Iloho, jannatlar yo‘lidan ayirma,
Bu sinov yurtida qanotim qayirma.
Sirot ko‘prigidan o‘tkazgin oson,
Rahmating keng erur, lutfing ayama.
Taqvo libosini kiydir qalbimga,
Shifo bergin doim dard-u hasratga.
Sajdada yig‘lagan ko‘zlar hurmati,
Erishtir bizlarni chin saodatga.
Свидетельство о публикации №126072601595