Келмасму Ёр. Узбек шеъри
Dil bag‘rimni pora qilib, gulishaydo kelmasmu?
Kechdim anduh aning hajrida, voh,
Bag‘rim tilib, ne qilayin, dildor kelmasmu?
Ey voh, malak sog‘inch o‘ti kuydirdi bag‘ir,
Hijron yuki bu jonga og‘irdir, og‘ir.
Kelgil, go‘zal qalbimning tanho ziyosi,
Sensiz menga bu keng jahon tordir, dunyosi
Firoq o‘ti kuydirdi bu jonni, naylayin
Yoritguvchi yo‘qdir tunim naylayin
Saharlarda izlab, izlab o‘shal suluvni,
Ko‘rishganda dil yorishar, xushtor kelmasmu?
Ey voh, dildor, sog‘inch o‘ti kuydirdi bag‘ir,
Hijron yuki bu jonga og‘irdir, og‘ir.
Kelgil, go‘zal qalbimning tanho ziyosi,
Sensiz menga bu keng jahon tordir, dunyosi
Go‘zal qalblar bir-biriga talpinganda, voh,
Til uchida emas, yurakdan so‘zlar.
Mahzun boqib, tikilganda ul mayus ko‘zlar,
Dili pok yor, vafodori gulyor kelmasmu?
Hijron yuki ezar mening qomatim, yor-a,
Dunyo unga fido, yo‘qdir toqatim yor-a.
Uldir mening baxtim, keragim , yor-a
Qalbi sof yor, dardimga malxam kelmasmu?
Istirobdan tunlar bedor yig‘ladim, yo-rab.
Yor ismini yuragimga tig‘ladim, yo-rab.
Umid uzmay, sabrim Ila bog‘ladim, yo-rab
Shirin so‘zlik, ko‘ngli beg‘ubor kelmasmu?
Nizomnamoz chekdi fig‘on gulyuz debon, voh,
Ul malaksiz, qorong‘udir bu jahon e- voh,
Yer-u ko‘kni titratib ul dilim fiґon.
Joni jaxon, oh, ul sohibdjamolim, kelmasmu?
Свидетельство о публикации №126070702965