Узингизни эхтиёт илинг. Узбек шеъри

Olishmang g‘arazli odamlar bilan,
Yanchishga uringan qadamlar bilan.
Umringiz boyiting xush damlar bilan,
Har kunni xudodan sovg‘a deb biling,
Doim o‘zingizni ehtiyot qiling!

G‘am bilan qarasang – tunday bu dunyo,
dJilmayib qarasang – kunday bu dunyo.
Qandayin qarasang – shunday bu dunyo,
Har kunni xudodan sovg‘a deb biling,
Doim o‘zingizni ehtiyot qiling!

Yomonmas, yaxshilar yonida bo‘ling,
Sizni suyganlarning jonida bo‘ling.
Doim baxtlilarning sonida bo‘ling,
Har kunni xudodan sovg‘a deb biling,
Doim o‘zingizni ehtiyot qiling!

G‘amlarga sarflamang yurakning kuchin,
Tangriga qoldiring yomonlar o‘chin.
Sizni yaxshi ko‘rgan yaxshilar uchun,
Har kunni xudodan sovg‘a deb biling,
Doim o‘zingizni ehtiyot qiling!

Qarang bu kunlarga — kimlar hozir zor,
Sizdan ham mushkuli, ayanchlilar bor.
Kuling, topilmasin sizdan baxtiyor,
Har kunni xudodan sovg‘a deb biling,
Doim o‘zingizni ehtiyot qiling!

Zulmatga termulmang, oy tomon boqing,
Daryolarga boqing, soy tomon boqing.
Sizni maftun qilar djoy tomon boqing,
Har kunni xudodan sovg‘a deb biling,
Doim o‘zingizni ehtiyot qiling!

Ko‘z yoshlar qayg‘uni bitirgan emas,
Biling, g‘amingizni o‘zgalar yemas.
Muhimi — bu hayot hech qaytib kelmas,
Har kunni xudodan sovg‘a deb biling,
Faqat o‘zingizni ehtiyot qiling!


Рецензии