Келгин ёрим. Узбек шеъри
Orzularim, xayolimda, ko‘rdim seni.
Qaerdasan, yuragimni bir parchasi.
Ko‘p qiynama, tanxolikda qo‘yma, meni.
Senga aytar gaplarim bor, sado bergin.
Eng vafoli bo‘lay, bir yor, sado bergin.
Dardlarimga malxam bo‘lib, kela qolgin.
Qaerdasan, faryoodlarim, bila qolgin.
Kelgin yorim, gul yuzligim, xunob bo‘ldim.
Seni istab, boshqalarni sarob qildim.
Suyukligim, kelgin, cho‘llar, chaman bo‘lsin.
Oshiq Majnun xursand bo‘lib, senla qolsin.
Hech kimlarga alishmasman, sen moximni.
Izlab seni og‘rinaman, eshit ohimni.
Izn bergin, qo‘llaringni tutmoqlikka.
Baxt bog‘iga senla birga, kirmoqlikka.
Seni sevdim, birga bo‘lmoq nasib etarmu.
Baxt bog‘iga sayr etmoqlik, nasib etarmu.
Kecha kunduz, o‘y-xayoolim senda moxim.
Izn bergin tugamoqda, sabir, oxim.
Mashuqalar atrofimda, seni deyman.
Ertayu kech xayoolimda, seni deyman .
Oshiq Majnun istaklarin so‘ldurmagin.
O‘zgani deb, Majnuningni o‘ldirmagin.
Kelgin yoorim, gul yuzligim, xunob bo‘ldim.
Seni istab, boshqalarni sarob qildim.
Suyukligim, kelgin, cho‘llar, chaman bo‘lsin.
Oshiq Majnun xursand bo‘lib, senla qolsin.
Свидетельство о публикации №126070505268