Отам эккан Шотут. Узбек шеъри
Nuri diydam, qiblagohim, suyanchig‘im ketdi, voh,
Munis onam sochlariga oppoq qirov qo‘ndi goh,
Ketdi ul soyabonim, qomatim bo‘ldi mag‘zunu, xol.
Yig‘ladi volidamiz, yig‘ladi, bor qarindosh.
Ostona uzra to‘kildi ko‘zdagi dur-gavhar, yosh.
Otamdan qolgan hovlimiz, uning haqida so‘ylar.
Tokzordagi uzumlaru, buyuk shotut vooox, bo‘ylar.
Opa ukam mehri ila qaytadan bo‘ldi chirog‘,
Ular borki, onajonim bag‘ri butun, shod, farog‘.
Ulg‘ayib, opa ukalar, bobo, buvi bo‘lishgan.
Nuridiydam, onajonim, xuzurlariga kelishgan.
Shukurlarkim, onajonim sog‘ salomat bo‘lsinlar.
Bolalari mehri Ila, yuz yoshlarga kirsinlar
Jigarlar mehri bilan bu ko‘ngil topdi kamol,
Aka-singil rishtasiga yetmasin aslo zavol.
Ey xudoyim, duogo‘yim — volidamni asragil,
Xonadonning fayzi bo‘lgan sajdagohni asragil,
Muqaddas ushbu oila, baxt-panohni asragil,
Har ahillik, har ma'raka, har duoda, yuragim
Otam ruhi shod bo‘lib, kezsin Jannat, so‘ragim.
Qismat o‘yini ekan, jigarlar har tomonda.
Otamdek o‘tkir, bo‘lmoq sharafdir, jonga,
Ajdodlar axilligi, pandi madaddir bu tanga,
O‘zbekona urfu odat jigarlar baxtli bo‘lsin.
Otajonimiz ruxlari, illoximla, shod bo‘lsin.
Qiz uzatib, kelin olgan jigarlarim sog‘ bo‘lsin.
Xonadoni Baxtdan kulib, jigarlarim sog‘ bo‘lsin.
Otam ekib ketgan shotut ming yillar gavhar berib.
Avlodlarim, butun elga mo‘l xosil, meva bersin.
Свидетельство о публикации №126070504889