Армоним бор. Узбек шеъри

Armonim bor, ko‘p alamli, armonim bor.
Uzoq yo‘lda yoqotgan, zo‘r karvonim bor.
Karvon qaysi manzillarda, xayronaman.
Suluv qizga yetolmagan, armonim bor.

Armonim bor, ko‘p alamli armonim bor.
Suluv qizni topa olsam, armonim, bor.
Karvon uzoq, manzil yiroq, to‘lg‘onaman.
Go‘zal yoorim topa olsam, darmonim bor.

Olis-olis manzildanmu, qaydan izlay.
Eng keragim, suyukligim, gul yuzim bor.
Go‘zal qizlar, mashuqalar bisyor, bunda.
Ko‘nglimdagin topolmasmen, armonim bor.

Ko‘rsatdilar necha suluv, barnolarni.
Dil tirnaydi, o‘zim suygan, darmonim bor.
Ul tushummi, yo o‘ngimmi, o‘rtanaman.
Farishtadek, ul suluvga, armonim bor.

Qaydin izlay, qayga boray, xayronaman.
Dil xoxlagan yor topishga, armonim bor.
Suluv bo‘lsa  eng pokiza, eng be ozor.
Vafoli bir yor vasliga, armonim bor.

Yoo olloxim, o‘zing Qodir, o‘zing ko‘rsat.
Eng pokiza, dil xoxlagan, armonim bor.
Ko‘nglim shunday muzdek qotib, cho‘kinganki.
Muz ko‘nglimni eritmoqqa, armonim bor.


Рецензии